O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturlarida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatning o‘z vaqtida va sifatli bo‘lishiga aholida e’tibor qaratilgan. Jumladan, dasturda kasallikni barvaqt aniqlash orqali uning salbiy oqibatlarini yumshatishga erishish maqsadida aholini skrining qilish ko‘lamini kengaytirish choralari ko‘rilishi belgilangan.
Shunga asosan partiya ish rejasiga muvofiq, aholini profilaktik tekshiruvlardan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan “Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat” shiori ostida tibbiy ko‘rik aksiyalari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Talabalar shaharchasida 300 ga yaqin yoshlar oliy toifali shifokorlar tomonidan yoshlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.