Davlat maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o‘rganishlar davom etmoqda

 

Hududlar davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Jumladan, partiyamiz Ellikqal’a tuman kengashi mas’ullaridan iborat ishchi guruh 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida muassasada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish holati va bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda muassasa faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasida fikr-mulohazalar yuritildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish