Qorako‘lda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tibbiy aksiya o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Qorako‘l tuman kengashi tomonidan “Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat” shiori ostida tumandagi “Qoraxoji” mahallasi hududida joylashgan 56-oilaviy poliklinikada aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida 118 nafar fuqaro malakali tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, 3 nafar fuqaroga viloyat endokrinologiya bo‘limida davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Shuningdek, oilaviy poliklinika xodimlari tomonidan fuqarolarga sog‘lom ovqatlanish, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bunday tibbiy ko‘riklar aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish