Bog‘chadagi muammolar bo‘yicha so‘rov yuborildi

 

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashidagi deputatimiz S.Saidov 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mavjud holatni o‘rgandi.

O‘rganish davomida bir qator muammo va kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotining orqa qismi to‘liq devor bilan o‘ralmaganligi, hojatxonada sanitariya-gigiyena holati qoniqarsizligi, maxsus chiqindilarni yig‘ish va saqlash uchun ajratilgan chiqindixona mavjud emasligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda bolalarga qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish