Chirchiqda talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

 

Partiyamiz Toshkent viloyati kengashi raisi Akmal Umaraliyev Chirchiq davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan masalalar, ta’lim sifati, bandlik, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Talabalar-yoshlar tomonidan ilgari surilgan takliflar alohida e’tiborga olindi. Shuningdek, deputat tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligi va siyosiy bilimlarini oshirishga, mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissini kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish