Deputatlar yordami bilan 410 ta xonadon oqova suv bilan ta’minlandi
Xalq deputatlari Qorao‘zak tumani Kengashi deputatlarining “Yangi Qorao‘zak” qishlog‘ida saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida, hududdagi suv oqib keluvchi Qoldovli arig‘iga quvur o‘rnatish va 2 km uzunlikdagi hududni ekskavator yordamida qazish masalasi yuzasidan murojaat bildirilgan edi.
Mazkur masala yuzasidan deputatlar A. Baymuratov va R. Karmisovalar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi hamda Qoldovli arig‘iga quvurlar o‘rnatilib, ekskavator yordamida ariqlar qazildi.
Natijada shu hududda yashovchi 410 ta xonadon oqava suv bilan ta’minlandi.