Kengash qarori ijrosi nazoratda

 

Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Gurlan shox ko‘chasini ijtimoiy ahamiyatga ega ko‘chaga aylantirish bo‘yicha tegishli qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror ijrosining joriy holatini o‘rganish maqsadida bir guruh deputatlar ta’mirlash ishlariga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi ustidan deputatlik hamda jamoatchilik nazorati olib bordilar.

Ayni kunlarda mazkur hududda piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘laklarni ta’mirlash va tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Jarayon fotosuratlarda

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish