Baxmaldagi oilaviy shifokorlik punktiga yangi transformator o‘rnatildi
Hududlarda aholi salomatligini asrash va tibbiy xizmat sifatini oshirish yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda.
Xususan, xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati A. Zikiryayev tashabbusi va homiylar bilan hamkorlikda tumandagi “Barlos” mahallasida joylashgan “Turon” oilaviy shifokorlik punkti binosiga yangi hamda zamonaviy transformatorlar o‘rnatib berildi.
Natijada mazkur tibbiyot muassasasida elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlashga va aholi uchun ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati yanada yaxshilanishiga erishildi.