Yana bir mahalla aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

 

Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati B. Amanov “Do‘stlik” mahallasidagi yangi ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi bilan yaqindan tanishdi.

Deputatimiz o‘rganish davomida:

– qurilish ishlarining sifati va loyiha talablariga mosligi;

– ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi;

– aholi uchun yaratilayotgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratdi.

Ma’lumot uchun, ushbu suv tarmoqlari ishga tushirilgach, O‘smat shaharchasi, jumladan, “Do‘stlik” mahallasi aholisi to‘liq markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish