Partiyamiz Denov tuman kengashi mas’ullari hamda xalq deputatlari Denov tuman Kengashidagi partiyamiz deputatlik guruhi tomonidan Denov pedagogika va tadbirkorlik institutida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda partiyamiz Saylovoldi dasturida yoshlarni har tomonlama kullab-kuvvatlashga qaratilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularni ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida har bir hududda bunday tadbirlar tashkil etilmoqda.
Mazkur muloqotda yoshlarni taklif va tashabbuslari ham tinglanib, ularni jamiyatning faol qatlamiga aylantirish, siyosiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida partiyamiz safiga kirish istagini bildirgan 20 nafar dan ortiq yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.