Jizzax shahrida infratuzilma loyihalari ijrosi o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari M. Mamatqulov va B. Toshpo‘latovlar tomonidan Prezidentning 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Jizzax shahrida investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.

Mazkur qarorga muvofiq, hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy obyektlarni barpo etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan.

O‘rganish davomida qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar sifati, loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda umumiy jarayonlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilib, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish