Javohir Sindarov o‘zbek shaxmati tarixida muhim bosqichni boshlab berdi!
Javohir Sindarov o‘zbek shaxmati tarixida muhim bosqichni boshlab berdi!

 

Kiprda bo‘lib o‘tayotgan Nomzodlar turnirining 13-turida yurtdoshimiz Javohir Sindarov o‘zining eng yaqin ta’qibchisi Anish Giri bilan durang o‘ynadi va musobaqada muddatidan oldin g‘oliblikni rasmiylashtirdi.

Endi Javohir shu yil yakunida amaldagi jahon chempioni – hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan jahon toji uchun bellashish imkoniga ega bo‘ldi.

Bu nafaqat sportdagi yirik yutuq, balki tarixiy natija bo‘ldi. Eng e’tiborlisi, ushbu musobaqani minglab yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlar katta qiziqish bilan kuzatdi. Bu esa kelajakda yangi iste’dodlarning yetishib chiqishiga mustahkam zamin yaratadi, yoshlarni yuksak marralar sari ruhlantiradi.

Bunday yutuqlar jamiyatimizda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz.

Javohir Sindarovni, uning oila a’zolari va ustozlarini, albatta, butun xalqimizni ushbu tarixiy g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish