Deputat so‘rovi asosida ichki yo‘l ta’miri tezlashtirildi
Xalq deputatlari Andijon tuman Kengashi deputati Abdulxafiz Abdimannopov tomonidan Qoraqalpoq mahallasining Iftixor ko‘chasidagi ichki yo‘l holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi. Unda yo‘lda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari cho‘zilib ketgani, bu esa transport vositalari va piyodalar harakati uchun noqulaylik va xavf tug‘dirayotgani qayd etildi.
So‘rovda ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash choralarini ko‘rish muhimligi ta’kidlandi. Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat yo‘llandi.
Murojaatga javoban Andijon tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ushbu yo‘ldagi ta’mirlash ishlari davom ettirilib, yakunlandi.