Qarshi shahridagi Turon universitetida partiyamiz Qashqadaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi hamkorligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda partiya faollari, deputatlar, ustoz-murabbiylar va yoshlar, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Oliy Majlisi Senati a’zosi Komila Karomova yoshlar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim egallashlari uchun shart-sharoit yaratish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashishdi.
Muloqotda shuningdek, yoshlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berildi. Ularning takliflari tinglanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Bunday ochiq muloqotlarning mohiyati ham yoshlar bilan samimiy suhbatlashish, ular ichki dunyosiga nazar solish, qiziqishlarini o‘rganish, tahlil qilish orqali mavjud muammolarini hal qilishdan iborat.