Deputat so‘rovi natijasida Pulhokimda ko‘chma kutubxona tashkil etiladi

 

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati, partiyamiz viloyat kengashi raisi Alisher Pardayevga Boysun tumani “Pulhokim” mahallasida yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushgan edi.

Murojaatda hudud yoshlarining kitobxonlik darajasini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kutubxona tashkil etishda yordam so‘ralgan edi. Deputat murojaatga asosan Boysun tuman hokimiga so‘rov yuborib, kutubxona tashkil etishda amaliy yordam so‘radi.

Hokimlikdan kelgan javob xatda ayni vaqtda tuman axborot-kutubxona markazining mazkur hududda kutubxona tashkil etolmasligi, agar mas’ul biriktirilsa ko‘chma kutubxona tashkil etilishi va har oyning 10-15 sanasida kitoblar yangilanib turilishi ma’lum qilingan.

Shunday qilib deputat ko‘magi bilan hududda ko‘chma kutubxona faoliyat boshlaydi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish