Deputat tashabbusi bilan yangi loyiha sinovdan o‘tkazilmoqda
Deputat tashabbusi bilan yangi loyiha sinovdan o‘tkazilmoqda

 

Bugungi kunda O‘zbekistonda suv resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish masalasi strategik ahamiyat kasb etmoqda. Aholi sonining o‘sishi, sanoatlashuv jarayonlari hamda iqlim o‘zgarishi ichimlik suviga bo‘lgan talabning oshishi muqobil suv manbalaridan foydalanish hayotiy zaruratga aylantirmoqda.

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi deputatimiz Muhsiddin Nizomiddinov tashabbusi bilan Parkent tumani “Fayzobod” mahallasida yomg‘ir suvini yig‘ish va undan samarali foydalanishga qaratilgan sinov loyiha amalga oshirilmoqda.

Bunda yomg‘ir suvidan qayta foydalanish ko‘zda tutilib, namunaviy xonadonga 4 tonnalik maxsus suv sig‘imlari o‘rnatilgan. Ushbu tizim orqali yig‘ilgan yomg‘ir suvi o‘rtacha bir hafta davomida xonadonning kundalik texnik ehtiyojlarini qoplamoqda. Xususan, suv qo‘l yuvish, avtomobil yuvish, hovli tozalash kabi maishiy ishlarda keng qo‘llanilmoqda.

Deputatning fikricha, yomg‘ir suvini yig‘ish tizimini xonadonlarda joriy qilish ichimlik suvini tejashda katta rol o‘ynaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 100 ta xonadonda ushbu tizim joriy etish orqali oyiga 1200-1500 tonnagacha ichimlik suvini tejash mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish