O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri tashkil etildi. Tadbir yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.
Turnir davomida ishtirokchilar davlat boshqaruvi, qonunchilik va parlament faoliyatiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin “Strateglar” jamoasiga nasib etdi. “Demokratlar” jamoasi ikkinchi o‘rinni, “Femida” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar hamda barcha ishtirokchilarga partiya tashkilotining diplomlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur loyiha iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni aniqlash, ularning siyosiy jarayonlarga qiziqishini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.