Yangiobodda yoshlarni talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi

 

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas O‘razaliyeva Jizzax viloyatining Yangiobod tumani texnikumida bo‘lib, kasbiy ta’limni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy kasblarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining samaradorligi va amaliy mashg‘ulotlar sifati yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan kasbiy ta’limni yanada rivojlantirish, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish