Jamoatchilik eshituvida muhim masala ko‘tarildi

 

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi bo‘yicha deputatlar tomonidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Eshituvda Qashqadaryo viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘ining axborotlari tinglandi.

Muloqot yakunida partiya guruhi vakillari ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning kasb-hunarga o‘rganilib, doimiy ish bilan ta’minlanishi partiya uchun muhim ekanligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bu borada mas’ul tashkilot va mutasaddi idoralar bilan doimo hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish