Xo‘jaqishloqliklar deputatimizga yangi maktab qurish taklifini bildirishdi

 

Partiyamiz Samarqand viloyat kengashi raisi Badriddin Nasriyev Samarqand shahridagi "Xo‘jaqishloq" mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Mahallar faollarining hududda yangi bolalar sport maydonchasi mahalla faollari va nuroniylari tomonidan qurilayotganligi hamda uni jihozlash uchun Samarqand shahar hokimligi tomonidan 30 million so‘m mablag‘ ajratilganligi ma’lum qilingan.

Mazkur mahalla faollari hududda aholi zich joylashganligi, bolalar poyezd yo‘ldan o‘tib maktabga borayotganligi, maktab bilan mahallaning ba’zi xonadonlari o‘rtasidagi masofa 10 km dan uzoqligi aytib o‘tilgan. Shundan kelib chiqib, hududga yangi maktab qurish kerakligini bildirishgan.

Deputat bolalar maydonchasini jihozlash uchun shahar hokimligi tomonidan ajratiladigan mablag‘ masalasini ham yangi maktab qurish taklifini ham tegishli tashkilotlar bilan maslahatlashib, ijobiy natijaga erishishga harakat qilishini ma’lum qildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish