Partiyamiz Chilonzor tuman kengashi tashabbusi bilan tumandagi 37-oilaviy poliklinikada aholi salomatligini mustahkamlash va profilaktik tibbiy xizmatlarni kengaytirish maqsadida “Salomatlik aksiyasi” tashkil etildi.
Aksiya doirasida jami 62 nafar fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 42 nafari yoshi kattalar bo‘lib, ularga terapevt, kardiolog, endokrinolog, nevropatolog kabi mutaxassis shifokorlar tomonidan maslahat va tavsiyalar berildi.
Tekshiruvlar jarayonida 12 nafar fuqaroning sog‘ligida aniqlangan muammolar tufayli kunduzgi shifoxonada davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
Tadbir davomida aholiga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish hamda kasalliklarni erta aniqlashning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.