Partiya kuni munosabati bilan qashqadaryolik fidoyilarimiz faoliyati e’tirof etildi

 

1-noyabr — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etilganiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan barcha hududlar qatorida Qashqadaryo viloyatida ham partiya saflarida uzoq yillar fidokorona faoliyat olib borayotgan, elektorat manfaatlarini himoya qilishda o‘zining tashabbuskorligi va mas’uliyati bilan ajralib turgan partiya faollaridan bir guruhi munosib taqdirlandi.

Ular “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanib, ularning mehnati, siyosiy faolligi hamda partiya g‘oyalariga sadoqati e’tirof etildi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish