“O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida partiya tashkil topganligining 34 yilligi munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uzoq yillar davomida partiya Dasturini amalga oshirishda, g‘oyalarimizni keng jamoatchilikka yetkazishda, dasturiy maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarishda faollik va fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan fidoyi a’zolarimizga “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.

Yig‘ilishda partiya Markaziy Kengashi, hududiy tashkilotlari, deputatlik birlashmalari faoliyati, erishilgan natijalar tahliliy ko‘rib chiqildi. Oldinda turgan ustuvor vazifalar, barcha yo‘nalishlardagi faoliyatni yanada takomillashtirish, tashabbuskorlikni oshirish masalalari muhokama etildi. Fikr-mulohaza va takliflar tinglanib, zarur vazifalar belgilab berildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy
← Roʻyxatga qaytish