O‘rganishlarda aniqlangan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi

 

Fraksiyamiz a’zosi F.Sharipov boshchiligidagi ishchi guruh poytaxtimizning Sergeli tumanidagi Inson ijtimoiy xizmatlar markazi, maxsus maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda mahallarda o‘rganishlar olib bordi.

O‘rganish davomida ta’lim, ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari tahlil qilinib, mavjud muammo va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Aniqlanishicha, joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar amalda o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, ijtimoiy xizmatlar qamrovi kengayib, kambag‘al oilalarni ro‘yxatga olish va ularga yordam ko‘rsatish tizimi samaradorligi oshgani hamda ta’lim sohasida zamonaviy pedagogik yondashuvlar bosqichma-bosqich joriy etilayotgani oqibatida ijobiy natijalarga erishilayotgani qayd etildi.

Biroq, bu jarayonlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan masalalar ham aniqlandi. Xususan: Ko‘plab ijtimoiy obyektlaridagi panduslar standart talablariga javob bermaydi. Bu esa nogironlik aravachasida harakatlanuvchi fuqarolarga noqulaylik tug‘diradi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilish masalasida yangi yondashuvlar yetarli darajada joriy qilinmagani, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi autsorsing (oziq-ovqat va tozalik xizmati) tizimi samarasiz ishlayotgani aniqlangan.

Yana bir deputatimiz I.Narizova Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida bo‘lib “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida deputatlar va partiya faollari mahalla hududida joylashgan bir qator ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. Jumladan, 19 va 25-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganildi.

Maktablarda isitish tizimlari, o‘quv xonalari holati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan bir qatorda, mahalladagi oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi. Deputat tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashib, dori vositalari ta’minoti, sanitariya holati va aholining murojaatlari bo‘yicha fikr almashdilar.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi, xotin-qizlar faollari, nuroniylar va yoshlar vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatimiz tomonidan qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish reja qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish