Kattaqo‘rg‘on shahar kengashining “Eng faol deputat”i aniqlandi

 

Partiyamiz Kattaqo‘rg‘on shahar kengashida “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov partiya saylovoldi dasturiga kiritilgan asosiy vazifalar ijrosini ta’minlash, mahalliy deputatlik guruhlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda barcha darajadagi deputatlik korpusi salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tuman kengashida g‘olib bo‘lganlar viloyat bosqichida ishtirok etishadi. Viloyat bosqichi g‘oliblari esa respublika bosqichida sinovdan o‘tishadi.

Tanlov davomida ishtirokchilar:

— O‘zlari saylangan hududlarda amalga oshirayotgan ishlari haqida taqdimot;

— Partiya dasturiy maqsadlarini hayotga tatbiq etish borasidagi amaliy harakatlari namoyishi;

— Tezkor savol-javoblar orqali o‘z siyosiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish;

— Jamoatchilik oldida notiqlik san’ati bo‘yicha mahoratini ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda sinovdan o‘tkaziladi.

Bellashuv natijalarga ko‘ra, Javlonbek Quldoshev Kattaqo‘rg‘on shahar kengashining eng faol deputati deb topildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish