Kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish yo‘nalishidagi partiyamiz tashabbuslari muhokama qilindi

 

Partiyamiz Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan Oltiariq tumani “Nuroniylar maskani” majlislar zalida “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish: partiyaviy yondashuv va amaliy tashabbuslar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida viloyat va tuman kengashi deputatlari, mahalliy davlat idoralari vakillari, partiya faollari, ommaviy axborot vakillari hamda keng jamoatchilik a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar partiyaning aholi turmush darajasini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan siyosatini amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishida amalga oshirayotgan ishlari haqida atroflicha ma’lumot berishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar o‘quv markazlari orqali aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, shuningdek, mahallalarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Suhbat ochiq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yakunda ishtirokchilar aholining turmush darajasini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini yanada samarali qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirishdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish