Deputatning murojaati e’tiborsiz qolmadi
Deputatning murojaati e’tiborsiz qolmadi

 

Namangan tuman Kengashidagi deputatimiz U.Solievga fuqarolardan murojaat kelib tushgan edi.

Deputat murojaatni o‘rganganda tumandagi “Ibrat” va “Xo‘jaqishloq” mahallalarini tutashtiruvchi ko‘chada tunda yoritish chiroqlari o‘rnatilmaganligi sababli tunda aholi vakillari, ayniqsa, keksalar va yosh bolalar harakatlanishi uchun qiyinchilik tug‘dirayotganligi aniqlangan edi.

Shundan so‘ng, xalq vakili aholi murojaatini tuman kengashining sessiyasiga kiritib, mas’ul tashkilotlardan muammoni hal qilib berishini so‘ragan edi.

Natijada mas’ullar murojaatni e’tiborsiz qoldirmadi. Ko‘chaga zamonaviy energiya tejovchi tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish