Buxoroda xayrli tadbir o‘tkazildi
Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi va Buxoro shahar Kengashi deputatlari tashabbusi bilan homiylar bilan hamkorlikda katta xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarning 13 nafar farzandiga sunnat to‘y qilib berildi.
Bunday xayrli ishlar ehtiyojmand oilalarning ota-onalariga ma’naviy va moddiy ko‘mak berishi bilan birga, ularning farzandlari qalbiga quvonch bag‘ishlaydi.