Deputat so‘rovidan so‘ng yo‘l ta’mirlandi

 

Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashidagi deputatimiz F.Tursunqulov “Avlod” mahallasidagi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazib, hudud aholisini qiynayotgan muammolar haqida suhbatlashdi. Saylovchilarning ma’lum qilishicha, mahalladagi eng og‘riqli muammo ichki yo‘llarning ta’mir talab bo‘lib harakatlanish uchun qiyinchilik tug‘dirayotganligi ekan.

Deputat yo‘llarning holatini ko‘rib, ularni ta’mirlatish uchun tumandagi mas’ul idoraga murojaat qildi. Deputat so‘rovidan keyin Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi yo‘llarni ta’mirlash ishlarini boshlab yubordi.

Natijada mahalla ichki ko‘chalarining transportlar harakatlanish uchun noqulay bo‘lgan 700 metr qismi ta’mirlandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish