Ijtimoiy himoyaga muhtojlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

 

Partiyamiz Buxoro shahar kengashi hamda shahar 7-son oilaviy poliklinikasi hamkorligida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Turli yo‘nalishdagi malakali shifokorlar tomonidan 200 nafardan ortiq fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rikda kasalligi aniqlangan bemorlarning ba’zilariga bepul davolanish yo‘llanmalari, ba’zilariga zarur bepul dori-darmon vositalari tarqatildi.

Shu bilan birga tadbir davomida aholiga sog‘lom turmush tarzini olib borish, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari va turli kasalliklarning oldini olish haqida zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday xayrli tashabbuslar, avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini muhofaza qilish hamda jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish