Faol yoshlarimiz safi kengaysin
Faol yoshlarimiz safi kengaysin

 

Partiyamiz Bog‘ot tuman Kengashi deputati N.Maxsudova Paxtaobod mahallasida “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida hududdagi yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.

Tadbirda bugungi kunda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, bandligi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk shaxslar sifatida kamol topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, olib borilayotgan islohotlar xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarning faolligini oshirish, ularni jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish, yosh avlod orasida vatanparvarlik, fidoyilik ruhini oshirishga qaratilgan suhbatlar tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish