Kogonda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

O‘zbekiston XDP Kogon shahar kengashi raisi Sh. Izamova va shahar Kengashi deputati F. Quvatovlar “Zirabod” mahallasining faol nuroniylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida mahalladagi mavjud shart-sharoitlar va dolzarb muammolar o‘rganilib, fuqarolarning murojaat hamda takliflari tinglandi. Ularni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, pensiya va ijtimoiy nafaqalarning inson hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishdagi ahamiyati ta’kidlanib, bu yo‘nalishda qator masalalarni qonuniy asosda tartibga solish zarurligi qayd etildi.