Mahalladagi qurilish ishlari deputatlar nazoratida

 

Jizzax shahar Kengashidagi deputatlarimiz Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtirilayotgan  Do‘stlik mahallasidagi  kanalizatsiya va ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarini o‘rgandi.

O‘rganishlar deputatlik nazoratining muhim qismi bo‘lib, mahalliy Kengash deputatlari xalq vakillari sifatida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining ijtimoiy ahvolidan boxabar bo‘lish va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratadi.

Komissiya aniqlagan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berildi.

Bir so‘z bilan aytganda, deputatlik nazorati loyihalarning shaffof, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish