Karmanadagi oilaviy shifokorlik punkti o‘rganilib, “Salomatlik aksiyasi” o‘tkazildi

 

Karmana tuman Kengashi tashabbusi bilan “Shibzon” mahallasidagi Oilaviy shifokorlik punktida “Salomatlik aksiyasi” o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila vakillari hamda hududda istiqomat qiluvchi ayollar va bolalar uchun tashkil etildi. Shu bilan birga deputatlar shifoxona faoliyati bilan ham tanishdi. Aniqlanishicha, muassasada ayni paytda 28 turdagi dori darmon vositalari aholiga bepul tarzda ehtiyojidan kelib chiqib tarqatilmoqda.

Tibbiy ko‘rik davomida kasallik aniqlangan onalar va bolalarga shifokorlarning tavsiyalari berilib, nazoratga olindi. Yana ayrim bemorlarga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish