Qurilish ishlari sust olib borilayotgan maktablar aniqlandi

 

Boyovut tuman Kengashidagi deputatimiz J.Rahmonqulovga “Navbahor” mahallasi fuqarolaridan hududdagi 49- va 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qurilish-ta’mirlash ishlari sust olib borilayotgani, bu ketishda maktablar o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmay qolish ehtimoli borligi bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Deputatimiz maktablarga borib qurilish-ta’mirlash jarayonlarini ko‘zdan kechirib, fuqarolarning xavotirlari o‘rinli ekan, degan xulosaga keldi.

Shundan so‘ng deputat mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanib masalaga yechim izladi.

Sirdaryo viloyati “Yagona buyurtmachi” xizmati bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimi vaziyatni o‘rganib tegishli choralar ko‘rdi. Jumladan, qurilish ishlariga qo‘shimcha mehnat resurslari jalb qilinishi, qurilish materiallari zaxirasini kengaytirish va ish jarayonini uch smenada tashkil etish belgilandi.

Shu kunning o‘zida qo‘shimcha 27 nafar quruvchi ustalar jalb qilinib, qurilish-ta’mirlash ishlari jadallashdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish