Endi Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasida lift bor

 

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasi 49 mingga yaqin aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Birlashmaning Qabul bo‘limi birinchi qavatda, reanimatsiya bo‘limi esa ikkinchi qavatda joylashgan. Binoda lift uchun shaxta bor, lekin bir necha marotaba kapital ta’mirlash ishlari o‘tkazilgan bo‘lsada lift o‘rnatilmagan.

Bu keksalar, imkoniyati cheklanganlar va og‘ir ahvoldagi bemorlarni ikkinchi qavatga zambillarda (nasilka) ko‘tarib chiqishda tibbiyot xodimlariga qiyinchiliklar tug‘dirayotgani haqida deputatlarimizga murojaat kelib tushgan.

Holatni fraksiyamiz a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva hamda viloyat kengashi raisi Nuriddin Xolmatovlar borib o‘rganishgan. Deputatlarimiz tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib, hamkorlikda muassasaga yangi lift o‘rnatishdi.

Natijada tibbiyot muassasasida bemorlar, keksalar va imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish