Muammolar aniqlanmoqda, yechimlar ham albatta topiladi

 

Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar va ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlarni davom ettirmoqda.

Deputatimiz Imomnazar Tursunov Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Kasbi va Mirishkor tumanlarida bo‘ldi. Xususan, Qarshi shahrida joylashgan qator ijtimoiy obyektlar, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda "Inson" ijtimoiy markazlari tomonidan aholi sog‘lig‘ini ta’minlash, yoshlar va bolalarning ta’lim olishi sifatini oshirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish borasida olib borayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Aniqlangan kamchillik va muammolar yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Fraksiyamiz a’zosi Iba Narizova ham Navoiy viloyatining Navbahor tumanida o‘rganishlar olib bordi. Deputatimiz tumanning Guliston mahallasidagi 4-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi. Maktabning joriy holati ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilar soni, ularning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari bilan tanishildi.

Farg‘ona viloyatida o‘rganish olib borayotgan deputatimiz Shokirjon Ahmedov “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatining viloyatdagi filialida bo‘lib, tashkilot rahbariyati va mutaxassislar bilan uchrashdi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – hududdagi aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi, tarmoqdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf yetish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.

Deputat filial direktori bilan suhbat o‘tkazib ichimlik suvini yetkazib berishdagi mavjud muammolar, tarmoqdagi eskirgan quvurlar, suv hisoblagichlar bilan bog‘liq masalalar, aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suv yetkazib berishdagi uzilishlar haqida batafsil ma’lumot oldi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish