Mirzacho‘lda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
Fraksiyamiz a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva Mirzacho‘l tumanidagi Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, u yerda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holati ko‘zdan kechirildi.
Xususan, aholining sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi borasida olib borilayotgan ishlari holati, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning hududdagi samaradorligini o‘rganildi.
Aniqlangan kamchillik va muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijobiy yechimi borasida mas’ul idoralar bilan hamkorlik borasida kelishib olindi.