Partiyamiz Qiziriq tuman kengashi tashabbusi bilan tumandagi ehtiyojmand oilalar vakillari uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Aksiya, avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda kasallik xavfi yuqori bo‘lgan fuqarolar orasida kasalliklarni erta aniqlash, ularga manzilli va tezkor profilaktik yordam ko‘rsatish maqsadida o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikda sog‘ligida muammolar aniqlangan fuqarolarga zarur yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, ularning 14 nafariga shahar darajasidagi shifoxonalarda chuqurroq tekshiruv va davolanish uchun yo‘llanma berilgan bo‘lsa, yana 16 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanishi uchun amaliy yordam berildi.
Bundan tashqari, 6 nafar fuqaroga tibbiy ko‘rik natijalariga asosan davolanish uchun order, 1 nafar fuqaro esa bepul davolanish yo‘llanmasi bilan taqdim etildi.
Bunday tadbirlar partiyaning aholining salomatligini muhofaza qilishga, ehtiyojmand qatlamlarni doimiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil faoliyatiga yaqqol misoldir.