Onalar va bolalar salomatligi tekshirildi
Partiyamizning Urganch tuman kengashi tashabbusi bilan 28-sonli oilaviy poliklinikada tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik onalik va bolalikni himoya qilish maqsadida tashkil etildi. Shu sababdan unda asosan, tug‘ish yoshidagi ayollar va 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida sog‘ligida muammo aniqlangan ayollar va bolalarga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari ularga sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish kerakligi haqida tushunchalar berildi.