Barmoqlarda ranglar jilosi
O‘zbekiston XDP Qo‘rg‘ontepa tuman kengashi deputati U.Madaminova tumanning «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i bilan hamkorlikda «Barmoqlarda ranglar jilosi» mavzusida tumandagi nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida rasm chizish konkursini o‘tkazdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad «Teng huquq – teng imkoniyatlar «shiori ostida bolajonlarga davlatimiz tomonidan yaratilgan keng ko‘lamli imkoniyatlarni namoyon qilishdan iboratdir.
Tadbir yakunida barcha bolajonlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.