O‘zbekiston XDP Angren shahar kengashi raisi F.Abdurahimova Angren shahar 34-maktab internatida uchrashuv tashkil etdi.
Uchrashuvda F.Abdurahimova Partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar hamda "Atrof muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi yuzasidan keng tushunchalar berdi.
Shuningdek, muassasa jamoasi hamda unda tahsil olayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoit ko‘zdan kechirildi. Ularni o‘ylantirayotgan masalalar muhokama qilindi.
Qizg‘in savol-javoblar, berilgan ma’lumotlar, partiyaning ijtimoiy himoya masalalariga oid tashabbuslari tadbir ishtirokchilarida O‘zXDPga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Natijada xodimlarning 12 nafari partiya safiga qabul qilindi. Shuningdek, maktab-internatda yangi boshlang‘ich partiya tashkil etildi.