So‘x tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
So‘x tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

 

So‘x tumani madaniyat markazida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, partiya deputati Zokirjon Zohidov hamda viloyat Kengashi deputatlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, har bir murojaat deputat va tuman hokimi tomonidan joyida ko‘rib chiqildi. Muammolarni hal etish uchun mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Tadbir so‘ngida tuman Kengashi deputatlari, “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda xalq vakillarining mas’uliyati, mahallalardagi dolzarb muammolar, ularni hal etishda jamoaviy yondashuv zarurligi, fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmaslik haqida fikr almashildi.

Ushbu sayyor qabul aholining muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish