O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi tomonidan O‘zbekiston XDP Namangan tuman kengashi hamda tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va aholining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida “Salomatlik maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir Toshbuloq shaharchasida joylashgan “O‘zbekiston savdo kompleksi” hududida bo‘lib o‘tdi. Loyiha doirasida aholining tibbiy savodxonligini oshirish, profilaktik choralar orqali turli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish asosiy maqsad etib belgilangan.
Tadbir davomida 130 dan ortiq fuqaroga malakali tibbiyot xodimlari tomonidan turli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikni ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish kabi yo‘nalishlarda muhim tavsiyalar va tushuntirishlar berildi.
Aholining sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.