Deputat maktab hududini asfaltlash ishlariga boshchilik qildi
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Hilola Rajabova tashabbusi va boshchiligida Qarshi shahridagi 4-maktab hududi asfaltlashtirildi.
Mazkur tashabbus maktab infratuzilmasini yaxshilash, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun xavfsiz, qulay muhit yaratish maqsadida amalga oshirildi. Ishlar davomida maktab hovlisi, kirish yo‘laklari va atrof hududlar sifatli asfalt bilan qoplandi.