Ishchi guruh Bekobodda jinoyatchilik profilaktikasi borasidagi ishlarni o‘rgandi

 

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mita raisi, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Ulug‘bek Shermatov, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, partiyaning viloyat kengashi rahbari Akmal Umaraliyev hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh tomonidan Bekobod shahrining Nurli yo‘l va Turkiston mahallalarida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Hududlarda kuzatuv kameralari o‘rnatilganligi, yoritish chiroqlari mavjudligi, qo‘riqlovga olingan xonadonlar hamda obyektlar o‘rganildi va barcha ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari yopiladigan holatda bo‘lishi, huquqbuzarlik sodir etishi mumkin bo‘lgan fuqarolar bilan samarali ijtimoiy profilaktika ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish