Ishchi guruh Samarqandda keng qamrovli o‘rganish o‘tkazdi

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya a’zolaridan iborat ishchi guruh Samarqandda keng qamrovli o‘rganishlar olib bordi, deb xabar qilmoqda viloyat partiya kengashi axborot xizmati.

Xususan, deputat Jamol Achilov, Markaziy Kengashi mas’ul xodimi Jahongir Olimov, Samarqand viloyat kengashi xodimi I.Shoqosimov va xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari a’zolari ijtimoiy soha obyektlaridagi vaziyat bilan tanishdi.

Ishchi guruh a’zolari Ishtixon tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi. Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, bir qator muammo va takliflarini eshitdi. Soha faoliyatini o‘rganib takliflar berildi.

Shuningdek, tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga borildi. Umumiy holat haqidagi ma’lumotlar olindi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari haqida kelishildi.

Xuddi shunday o‘rganish tadbirlari Payariq tuman "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida ham o‘tkazildi. Har bir masala yuzasidan taklif va xulosalar berildi, yechimini kutayotgan masalalar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish