Har bir inson farovonligi uchun!

 

Buxoro viloyat kengashi mas’ullari va faollari, volontyorlik guruhlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari faol davom ettirilmoqda.

Buxoro tumanida joylashgan Madaniyat uyi binosi oldida maxsus shoxobcha tashkil etilib, dasturdagi taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati tushuntirib berildi. Har bir inson farovonligi, jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida kurashayotgan partiyamizning Saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlashga chaqirib, uning faoliyati va tashabbuslariga oid flayerlar, bukletlar va yangi dastur o‘rin olgan kitobchalar aholiga tarqatildi.

Aholi bilan muloqotlar chog‘ida saylovlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, rivojlangan demokratik davlatni barpo etishda barcha birgalikda harakat qilishi lozimligi tushuntirildi.

Saylovda faol bo‘lish hamda Xalq demokratik partiyasi nomzodlari, uning dasturi va partiyaga ovoz berishga chaqirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish