Mirzacho‘lda XDP g‘oyalari targ‘ib qilindi

 

O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi tomonidan Mirzacho‘l tumanida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabida saylovoldi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda “Har bir inson farovonligi” uchun shiorini o‘zida mujassam etgan partiya maqsadlari aniq vazifalar ro‘yobiga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani ta’kidlanib, nomzodlar haqida ma’lumotlar berildi.

Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ijtimoiy himoyani kuchaytirish, pensiya tizimiga o‘zgartirishlar kiritish, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati aniq misollar bilan so‘zlab berildi.

Shuningdek, Mirzacho‘l tumanidagi "O‘zbek-qozoq" madaniyat markazida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qo‘yilgan nomzodlar bilan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi tashkil qilindi.Tadbirda Xalq demokratik partiyasining asosiy g‘oyalari, yangi Saylovoldi dasturidagi eng muhim tashabbuslari to‘g‘risida saylovchilarga tushuntirib berildi.

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish