Qoraqalpog‘istonliklar XDPga ovoz berishga chaqirilmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi mas’ullari va faollari, volontyorlik guruhlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari tomonidan aholi o‘rtasida qizg‘in targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Ko‘chalarga partiyaning “Har bir inson farovonligi uchun” shiorlari, nomzodlar suratlari va tashabbuslari aks etgan bannerlar osib chiqilgan. Qoraqalpoq davlat universiteti atrofida maxsus shoxobcha tashkil etilib, dasturdagi taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati tushuntirib berilmoqda.

Har bir inson farovonligi, jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida kurashayotgan partiyamizning Saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlashga chaqirib, uning faoliyati va tashabbuslariga oid flayerlar, bukletlar va yangi dastur o‘rin olgan kitobchalar aholiga tarqatildi.

Aholi bilan muloqotlar chog‘ida saylovlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, rivojlangan demokratik davlatni barpo etishda barcha birgalikda harakat qilishi lozimligi aytilib, yurtdoshlarimizga hozirgi siyosiy jarayonlarda befarq bo‘lmaslik muhimligi tushuntirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish